Maktab haqida

Hurmatli sahifamiz mehmonlari! O’ylaymizki, maktabimiz sahifasida sizni qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni topa olasiz. Sahifamizda maktabimiz kundalik hayotini to’laqon yoritishga xarakat qildik. „Alfraganus NTM“ - nodavlat ta‘lim muassasasi yosh xususiy boshlang’ich maktab. Maktabning ish faoliyati O’zbekiston respublikasi qonunchiligi va xalq ta’limi dasturi asosida yuritiladi. Litsenziyamiz 17.06.2020 kuni, UUT 0137 raqami ostida ro’yxatdan o‘tkazilgan. O’quvchilar 4-sinfni tugatgach davlat namunasidagi bitiruv shahodatnomasini olishadi. Maktabda ta’lim o’zbek va rus tillarida olib boriladi. Boshlang’ich maktabimizda o’quvchilarda bilimga nisbatan muxabbat uyg’otishga, ularning intellektual, ijodiy va jismoniy rivojlanishlariga, yetuk inson sifatida shakllanishlariga katta e’tibor qaratiladi. Biz o’quvchilarga mustaqil fikrlashni, o’z ustida ishlashni, to’g’ri qaror qabul qilishni o’rgatishga xarakat qilamiz. O’quvchilarimiz maktabda ta’limdan tashqari muomalani, ota-onalariga, uztozlariga va tengdoshlariga nisbatan xurmat bilan qarashni o’rganishadi. Maqsadimiz, o’quvchilarimiz ertaga kechagidan ko’ra takomilroq bo’lishsin. Maktabimizda yuqori malakali, ko’p yillik tajribaga ega o’qituvchilar bilan bir qatorda yosh, hali o’zlari bilimga chanqoq o’qituvchilar ishlashadi. Doimiy o’z ustida ishlash, malaka oshirish – o’qituvchilarimizning muvaffaqiyatlari o’zagi. Maktabimiz hayotidagi markaziy nuqta – bu o’quvchilarimiz. Barcha bilimimiz, mahoratimiz, xarakatlarimiz – maktabimiz o‘quvchilari va ularning rivojlanishi uchun sarflanadi. O’quvchilarning maktabimizda olgan sabog’i va tarbiyasi ularning bir umrlik hamrohi bo’lib qolishiga ishonchimiz komil. Farzandingizga munosib maktab tanlayotib uning kelajagini tanlayotganingizga ishonamiz!