Kun Tartibi

8:00 - 8:30 Maktabga kelish

O'quvchilarni sinf raxbarlari maktab darvozasi oldida kutib olishadi. Hozirgi Koronavirus pandemiyasi sharoitida shaxsiy ozodalik qoidalariga va karantin talablariga qat'iy rioya qilinishi shart

8:30 - 12:00 Asosiy darslar

Asosiy darslar har bir sinfning o'z xonasida o'tiladi. Ingliz tili va rus tili darslari bundan mustasno. Ingliz va rus tili darslari sinf o'quvchilarini ikki guruxga bo'lingan holda o'tkaziladi. Ikkinchi guruxga til darslari qo'shimcha xonada amalga oshiriladi

12:00 - 13:00 Tushlik

Tushlikga o'quvchilar mazali va issiq taom va barra salatlar bilan ta'minlanadilar. Hozirgi Koronavirus pandemiyasi sharoitida tushlik o'quvchilarni kichik guruxlarga bo'lingan holda amalga oshiriladi

13:30 - 14:00 Toza havo - tanga davo

O'quvchilarga maktab hovlisida o'z-aro masofa saqlagan holda va ustozlar nazorati ostida erkin xarakat va o'yinlar uyushtiriladi.

14:00 - 15:00 Uy vasifasi soati

O'quvchilar ustozlar nazorati ostida uy vasifalarini mustaqil holda bajarishadi.

15:00 - 15:15 Tolmas choy

Bolalarga o'quv sinflarida yengil pishiriqlar va ichimliklar taklif qilinadi.

15:00 - 16:00 Qo'shimcha darslar va to'garaklar

Matematika, ingliz va rus tillaridan qo'shimcha dars sifatida to'garaklar uyushtirilgan. Hozirgi koronavirus pandemiyasi tufayli sport to'garaklaridan vaqtinchalik voz kechishga majburmiz.

16:00 - 17:00 Maktabdan uyga qaytish

Ota-onalar farzandlarini soat 16:00 dan boshlab maktab darvozasi oldidan olib ketishlari mumkin. Ota-onalarga va umuman o'quvchilardan tashqari shaxslarga maktab hududiga kirish ta'qiqlanadi. Olib ketuvchisi kelmagan o'quvchilarga maktab darvozasidan tashqariga chiqishlariga ruxsat berilmaydi, zeroki, ota-onalar yozma ravishda ruxsat berishgan bo'lsa.