Maktab ramzi

Maktabimiz ramzida boshlang’ich maktab tashkillashtirishdan bo’lgan maqsadlarimizni aks ettirishga xarakat qildik: Oq ranglik umumiy orqa ko’rinish – yorug‘lik va sog’lomlik belgisi, sariq va ko’k ranglardagi uzuklar – bizni qo’mrab turgan dunyomiz, maktabdagi do’stona muhit hamda beg’ubor va musaffo munosabat. Davlatimiz bayrog‘i sifatida ifodalangan kitob – milliy tarix va vatanparvarlik tuyg’usiga to’la tarbiya, Tonggi quyosh – porloq kelajak ramzi, Yosh nihol – bu albatta maqsadimiz markazi, o’sib kelayotgan o’quvchilarimiz, ALFRAGANUS – maktabimiz ulug‘ ajdodimiz nomi bilan atalgan; Nodavlat ta’lim muassasasi – maktabimiz faoliyati shakli; 2020 – maktabimizning tashkil topgan yili.