Har kuning bo'lsin Navro'z!

  • 19.03.2021
Har kuning bo'lsin Navro'z!

19-mart kuni 1-"V" sinf o'quvchilari ishtirokida ta'lim muassasamizda katta tantana - Navro'z umumhalq bayrami yuksak darajada tashkil qilindi. Dastlab maydonga jarchilar va Bahoroyning kirib kelishi, sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari, arqon tortish musobaqasi, o'quvchilarning yod olgan she'rlari va raqslar guldastasi bayramga yanada fayz kiritdi. Yanada ko'proq bayram lavhalarini galereyamizda tomosha qilishingiz mumkin.