maktabimizga ta’alluqlik ma’lumotlar

  • 22.09.2020
maktabimizga ta’alluqlik ma’lumotlar

Xurmatli ota-onalar, 25 avgustdan beri internetda maktablar ochilishi va zaruriy talablar to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar berilmoqda. Biz shulardan maktabimizga ta’alluqlik ma’lumotlarni tartiblashtirib, maktabimiz sharoitini e’tiboringizga havola qilamiz: - Maktabimiz 7 sentyabrdan ochilishi mumkin (xalq ta’limi vazirligining yakuniy qarorini kutib qolamiz). - Maktabda barcha o‘qituvchilar va o‘quvchilar tibbiy ximoya niqobi taqishlari shart. Har bir niqobdan foydalanish davomiyligi esa 3 soatdan oshmasligi kerak. - Xar bir sinf darslarni „o‘z xonasida“ o‘tadi. Rus va ingliz tili darslari kichik guruxlarga bo‘lingani sababli bundan mustasno. - Darslar davomiyligi 45 minut. - Tanaffuslar vaqtida bir sinf o‘quvchilarining boshqa sinfdagilar bilan aralashib ketmasligini imkon qadar ta’minlashga harakat qilinadi, masalan, ikki xil dars jadvali, binoga kirish – chiqish va xarakatlanish yo‘laklari uyushtiriladi. - O‘quvchilar o‘zaro bexatar masofada va 1 kishilik partada o‘tirishadi. - Sinflar antiseptik va boshqa kerakli vositalar bilan ta’minlanadi. - Qo‘l yuvish joylari maktab xovlisida yetarli miqdorda tashkil etiladi. - Maktabda tibbiyet / izolyasiya xonasi tashkil qilingan. - Sinf xonalari har tanaffusda shamollatiladi. - O‘qituvchilar va maktab xodimlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. - O‘quvchilarning ichimlik suvi va tushlik ovqati qattiq gigiyenik nazorat ostida bo‘ladi (maktablarda oshxona yuritishga oid yakuniy qarorni kutib qolamiz). - Maktab hududiga begonalar, masalan ota – onalar kirishi taqiqlanadi. - Agar bitta sinfda bir vaqtning o‘zida uch nafar o‘quvchida koronavirus aniqlansa, faqat o‘sha sinf karantinga olinadi. Mazkur sinfga onlayn o‘qish tavsiya qilinadi. - Maktab binosi yeki sinf xonalarga kirishda dezinfeksiya to‘shagi bo‘lishi kerak emas. - Maktabda ommaviy tadbirlar o‘tkazilmasligi alohida ta’kidlanadi. Bu ma’lumotlar xalq ta’limi vazirligi tomonidan hozircha rasman tasdiqlanmagan. Vazirlik qarori ota-onalar fikri o‘rganib chiqilgach ma’lum qilinishi kutilmoqda.