Ta'lim muassasamiz xususiy bo'lgani sababli barcha maktab chiqimlari ota-onalarning to'lovlari va ta'sischilarning xayriyalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ta'lim muassasasi binolari 2019 - 2020 yillarda boshlang'ich sinflar uchun barcha qulayliklarga ega holda zamonaviy ta'mirlanlan. Xonalar tabiiy gaz bilan isitiladi. Gaz bosimi pasaygan paytlari qo'shimcha elektr isitgichlari ishga tushiriladi. Oshxona va sanitariya xonalari - hojatxonalar issiq suv bilan ta'minlangan.
Ta'lim muassasasining 2020-2021 o'quv yillari uchun yillik to'lov badali 8550000 so'm miqdorida belgilangan. Bu to'lovni oyma oy 9 oy mobaynida 950000 so'mdan to'lab borishingiz mumkin. Yoki yillik to'lovni birato'la to'lab qo'yishingiz mumkin. To'lov uslubi sizga qulay holda: naqt pul, plastik karta orqali yoki bank pul o'tkazuvi orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Maktab to'lov choraklar oralig'idagi ta'til vaqtlari uchun ham amalga oshirilishi majburiy. Yozgi ta'til vaqtiga to'lov qilinmaydi.
JIsmoniy tarbiya darsiga tayyorgarlik ko'rish uchun o'g'il va qiz bolalarga sport xonasining ichida alohida kiyim almashtirish xonalari ajratilgan. Yilning issiq fasllarida jismoniy tarbiya darsi ta'lim muassasasi xovlisida amalga oshiriladi. Yilning sovuq fasllarida sport xonasida amalga oshiriladi. Sport xonasi mavsumga mos havo haroratini ushlab turuvchi moslamalar bilan jihozlanyabdi. Sport anjomlario'quvchilarning yoshiga mos holda tanlab boriladi.